Oliy taʼlim muassasalarida Mini futbol boʻyicha sport musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, ushbu sport musobaqalarining birinchi guruhlararo saralash bosqichlari Urganch davlat universitetining barcha fakultetlarida 5-7 may kunlari oʻtkazilmoqda.
Bugun, 5-may kuni mazkur saralash bosqichining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov musobaqani ochib berib, jamoalarga omad tiladi.
Ushbu bosqichda Urganch davlat universitetida 220 dan ortiq jamoalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Barcha fakultetlarda gʻolib boʻlgan jamoalar 10-11 may kunlari oʻtkaziladigan universitet bosqichida (fakultetlararo) bellashadilar.

