Bugun, 19-may kuni Washington universiteti professori Sergey Lapin Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Professor Sergey Lapin “STEM Environmental Technologies Courses for Investigation Water Flow in the Aral Sea Basin” loyihasi doirasidagi ushbu tashrif mobaynida Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor G‘ayrat O'razboyev hamrohligida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi.
Tor doiradagi rasmiy uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida, jumladan, universitetlar o'rtasida ilmiy tadqiqot va ta'lim sohasida hamkorlik qilish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar olib borildi.