Loy arxitekturasi xalqaro markazi ilmiy xodimi Chamsia Sadozai Urganch davlat universitetida boʻldi

Fransiyaning Loy arxitekturasi  xalqaro markazi (CRAterre) ilmiy xodimi Chamsia Sadozai boshchiligida Xorazm Ma’mun akademiyasining Kat-qal’a arxeologik ekspeditsiyasi  aʼzolari ishtirokida Xorazm viloyati Shovot tumani "Kat-qal’a" yodgorligida  YeTTBning Xorazmdagi  integrallashgan  "Madaniy meros"  dasturi doirasida amalga oshirilayotgan Loy arxitekturasi ishlari  borasida zamonaviy usullar boʻyicha treninglar boʻlib oʻtmoqda. Ushbu seminar-treninglarda UrDU Tarix fakulteti Arxeologiya yoʻnalishi talabalari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Bugun, 21-may kuni Loy arxitekturasi  xalqaro markazi ilmiy xodimi Chamsia Sadozai Urganch davlat universitetida boʻlib, rektor Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda Urganch davlat universiteti, Xorazm Maʼmun akademiyasi hamda Loy arxitekturasi  xalqaro markazi oʻrtasida imzolangan uch tomonlama Memorandumning bir nusxasini UrDU rektoriga mamnuniyat ila topshirdi. Universitet talabalarining treningdagi faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.

urdu.uz, Loy arxitekturasi  xalqaro markazi ilmiy xodimi Chamsia Sadozai Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Loy arxitekturasi  xalqaro markazi ilmiy xodimi Chamsia Sadozai Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Loy arxitekturasi  xalqaro markazi ilmiy xodimi Chamsia Sadozai Urganch davlat universitetida boʻldi