Xabaringiz bor, O'zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi tashkilotchiligida Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sportning qator turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, bugun 30-may sanasida ham Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi OTM talabalari oʻrtasida sportning 4 turi, Shahmat, Shashka, Badminton va Stol tennis boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda.
Musobaqalarni UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Taʻkidlash joizki, musobaqalar gʻoliblari keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar.
Viloyat OTMlari oʻrtasidagi sport musobaqalari jami 9 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.



