Yozgi maktabning ochilish marosimidan soʻng, UrDU 4-maʼruzalar zalida oʻquv mashgʻulotlari oʻz ishini boshladi. Unda Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti oʻqituvchilari va talabalari bilan birga, Oʻzbekistondan yigʻilgan 60 nafar talabalar xorijlik professorlarning Raqamlar geometriyasi, Algebraik sonlar nazariyasi boʻyicha maʼruzalarini tinglamoqdalar.
Talabalar AQSH, Italiya, Rossiya olimlaridan sonlar nazariyasi boʻyicha dolzarb muammolarni oʻrganib, fikr almashish imkoniga ega boʻlmoqdalar.
Shuni alohida qayd etish joizki, talabalar bilan xorijlik professorlar oʻrtasidagi muloqotni yanada kengaytirish, ularga xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishda imkoniyat yaratib berish ushbu maktabning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.