Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Turkiyaning Sharqiy O‘rtayer dengizi universiteti, Arkin ijodiy san’at va dizayn univeristeti hamda Istanbul Aydin universiteti rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini muhokama qilish, shuningdek, 9-10-iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiya va Oʻzbekiston texnik oliy taʼlim muassasalari forumida ishtirok etishi maqsadida Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor G‘ayrat Oʻrazboyev hamrohligida Turkiya Respublikasiga joʻnab ketdi.
Xizmat safarining ilk kunida Sharqiy O‘rtayer dengizi universitetida boʻlib, mazkur universitet prorektori prof. Dr. Deniz Ishioglu bilan uchrashdilar. Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xususan, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, ilmiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bugun, 7-iyun kuni mazkur universitetning rektori bilan uchrashish hamda universitet bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.