Joriy yil 7-iyun kuni, kunning ikkinchi yarmida UrDU rektori B.Abdullayev hamda prorektor Gʻ.Oʻrazboyevlar Shimoliy Kiprda joylashgan Sharqiy O‘rtayer dengizi universitetida boʻlib, mazkur universitet rektori prof. Dr. Aykut Hocanin bilan uchrashdilar. Muzokaralar avvalida Xorazm milliy madaniyatini aks ettiruvchi hamda Urganch davlat universitetining ramziy esdalik sovgʻalari topshirildi. Shundan soʻng, ikki universitet oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish borasida kelishib olindi.
Shuningdek, tashrif chogʻida mazkur universitetning Fan va sanʼat fakulteti rahbariyati, shu jumladan, “Matematika” kafedrasi mudiri prof. Dr. Nazim Mahmudov bilan uchrashib, fakultet faoliyati bilan tanishdilar.