Bugun kun davomida oʻtkazilgan ushbu simpozium kunning ikkinchi yarimda uchta shoʻbaga boʻlingan holda oʻz ishini davom ettirdi. Xususan, 1- shoʻba dots. S.Matkarimova hamda prof. Ugʻur Derman raisligida, 2- shoʻba dots. N.Jumaniyazova hamda Mehmet Cemal Çiftçigüzeli raisligida hamda 3-shoʻba B.Abdirimov va Dr. Mustafa Kilich raisligida boʻlib oʻtdi. Shoʻba yigʻilishlarida turk va o‘zbek olimlarining ilmiy yangiliklarga boy ma’ruzalari tinglandi.
Ayniqsa, Choʻlponning turkiy-lugʻaviy birliklardan foydalanish mahorati, Mehmet Akif Ersoy va Choʻlpon ijodining mushtarak jihatlari, Abdulhamid Choʻlpon – mohir hikoyanavis, Oʻg‘uzlarning Xorazmga kirib kelishi, Jaloladdin Manguberdi halokatidan soʻng Anadoluda qolgan xorazmliklar (Horzumlular) taqdiri, “Zafarnoma” asarining Nuri Usmoniya kutubxonasida saqlanadigan yagona nusxasining Turkiyada oʻrganilishi haqida, Choʻlpon she’riyatida ramziy-majoziy timsollar talqini kabi mavzularda qilingan maʼruzalar simpozium ishtirokchilarining diqqat-eʼtiborini tortdi.
Simpozium doirasidagi shoʻba yigʻilishlari yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovgʻalari hamda Tashakkurnomalar taqdim qildilar.





