2022-yil, 9-iyun kuni Urganch davlat universiteti "Zakovat" intellektual klubi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi UrDU boshlang‘ich tashkilot tomonidan Urganch dalat universiteti talabalari o'rasida tashkil qilingan "Breyn Ring" intellektual turnirining final o'yini "BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ" shiori ostida bo‘lib o‘tdi.
Turnirda Kimyoviy-texnologiyalar fakultetining C.T.C jamoasi g‘olib bo‘ldi va Xorazm telekanalida efirga uzatilayotgan Breyn-ring televizion turniriga yo‘llanmani qo'lga kiritdi.
Turnir yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o‘rin: C.T.C jamoasi;
2-o‘rin: Renessans jamoasi;
3-o‘rin: Discover jamoasi.
Final o‘yini "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati hududiy bo‘limi rahbari o‘rinbosarlari, "Kelajak bunyodkori" medali sohibi Behzod Jumanov hamda Filologiya fakulteti "Zakovat" koordinatori Tamara Xalmenovalar tomonidan o‘tkazildi.