“Axborot texnologiyalari” kaferasi oʻqituvchilari xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

2020-yilning 8-iyun kuni, Sloveniyaning Primorska universiteti bilan hamkorlikdagi “Agglyutinativ tillar tabiiy tillar jarayonini qayta ishlash muammosi sifatida”  (ALTNLP) mavzusidagi onlayn xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi. 

ALTNLP - bu tabiiy tillarni qayta ishlash va “machine learning” bo'yicha ko'p tarmoqli konferensiya bo'lib, "Hisoblashni optimallashtirish" asl ko’pqirrali tadqiqot natijalarini taqdim etish uchun xalqaro onlayn forumni, shuningdek, innovatsion va amaliy ishlanmalarni almashish va tarqatish platformasini taqdim etadi. Qabul qilingan ishlar xalqaro tan olingan bazada indekslanishi ko’zda tutilgan. 

Konferensiyaning ochilish marosimida Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zafar Ibragimov so‘zga chiqdi va ishtirokchilarga omad tiladi. “Axborot texnologiyalari” kaferasi mudiri Xabibulla Madatov, dotsent Mattiyev Jamol, Quryazov Elmurodlar tashkiliy qo'mita a’zosi, moderatorlar sifatida ishtirok etishdi. Shuningdek, kafedra o'qituvchilari, doktorantlar, magistrlar o’zlarining ilmiy ishlari bilan qatnashishdi. 

urdu.uz, “Axborot texnologiyalari” kaferasi oʻqituvchilari xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

urdu.uz, “Axborot texnologiyalari” kaferasi oʻqituvchilari xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

urdu.uz, “Axborot texnologiyalari” kaferasi oʻqituvchilari xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda