O‘zbekiston delegasiyasi ilk marotaba “IREG – 2022” xalqaro konferensiyasida

Joriy yil 23-24 iyun kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida “IREG – Akademik reytinglar” nufuzli xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Kanada, Germaniya va Ispaniyaning ilg‘or xorijiy o‘quv dargohlari va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimov boshchiligidagi 6 ta OTM rahbarlaridan iborat O‘zbekiston delegasiyasi ilk marotaba qatnashyapti. Ularning ichida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ham ishtirok etmoqda.

K.Karimov konferensiyaning maxsus mehmoni sifatida tadbir ochilishida chiqish so‘zi bilan ishtirok etib, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish, nufuzini oshirish, xalqaro reytinglar TOP 1000 ro‘yxatidan joy olishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
20 yillik yubiley tadbiri hisoblangan konferensiya doirasida akademik reytinglar, ta’lim sohasidagi yangi tendensiyalar va yutuqlar, global, hududiy va milliy reytinglar o‘rtasidagi sog‘lom muvozanatni ta’minlash masalalari yuzasidan muhokamalar olib borilishi ko‘zda tutilgan.

urdu.uz, O‘zbekiston delegasiyasi ilk marotaba “IREG – 2022” xalqaro konferensiyasida