UrDU madaniyat saroyida "Til-millat g'ururi" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Anjuman UrDU rektori, f. -m. f. d. , prof. B. I. Abdullayevning kirish so'zi bilan ochildi. Shundan so'ng professorlar H.Jumaniyozov, Z.Do'simovlar va O'zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo'limi raisi G. Ibodullayevalar ma'ruza qilishdi. berdi. Keyin esa filologiya fakulteti talabalari tomonidan sahna ko'rinishlari, raqslar namoyish etildi, qo'shiqlar ijro qilindi, she'rlar o'qildi.
