2022-yil 24-avgust kuni Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli Ilmiy Kengashda tayanch doktorant Jumaniyazova Dilnoza Alimboyevna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi sanskritcha o‘zlashmalarning differensial tahlili” mavzusidagi dissertatsiya ishini 100% lik ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi. Dissertant va uning ilmiy rahbari filologiya fanlari nomzodi, professor Atabay Jumaniyozovni ushbu muvaffaqiyat bilan chin dildan tabriklaymiz!
Universitet olimlarining safi kengayaversin!