Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi jamoasi kafedra mudiri Ermetova J.I. boshchiligida Koreya tadqiqotlari uchun Seed dasturi grant dasturi g‘olibi bo‘ldi. Loyihaning maqsadi quyidagicha:
Urganch davlat universiteti bakalavriat talabalari uchun “Koreyashunoslik va koreys tilini o‘qitish” bakalavriat dasturini yaratish;
ixtisoslashtirilgan kurslarda aralash ta’lim texnologiyasini joriy etish;
koreyashunoslik bo‘yicha yangi ma’ruzalar va seminarlarni joriy etish, o‘quv rejasi va dasturini yaratish;
maxsus ma’lumotli bitiruvchilarni o‘rta va oliy o‘quv yurtlariga ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
yoshlarning Koreya tarixi, an’ana va urf-odatlari, madaniyati va koreys xalqining zamonaviy turmush tarziga qiziqishini oshirish.