Joriy yilning 6-oktabr kuni UrDU Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Sevara Bekchanova Jaloliddin Manguberdi mahallasida bo'lib, "Jamiyatda ayollarning roli" mavzusida suhbat o'tkazdi. Suhbat davomida mahallaning uyushmagan xotin-qizlarini kasbga yo'naltirish, ayollarning huquqlari to'g'risida tushuntirish olib borildi.