Ayni kunlarda respublikamiz oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida “Universiada-2022” sport musobaqalarining hududiy bosqichlari bo'lib o'tmoqda. Xususan, Buxoro viloyatida Voleybol boʼyicha hududiy bosqichning saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘yinlarda Xorazm viloyati nomidan universitetimizning Jismoniy madaniyat fakulteti Voleybolchi qizlari jamoasi o‘zlarining g‘alabali o‘yinlari bilan qizg‘in kurash olib bordilar. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarining jamoalari bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinlarning barchalarida 3.0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdilar va Final bosqichiga yo‘l oldilar.
G‘alaba muborak qizlar, biz sizlar bilan faxrlanamiz!


.jpg)