Bugun UrDU Filologiya fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Madrimova Zamira tomonidan fakultetimizda lingvistik tahlilga qiziquvchi talabalar uchun tashkil qilingan "Yosh lingvistlar" to'garagining navbatdagi mashg'uloti "Soʻz birikmalari tahlili" mavzusida olib borildi.
To'garakka qatnashuvchi
talabalarning yangi mavzuni o'zlashtirishi va vazifalarni vaqtida bajarishi o'qituvchi tomonidan nazorat qilinmoqda. Ushbu to'garakka qatnashish istagida bo'lgan talabalar O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Zamira Madrimovaga murojaat qilishingiz so'raladi.