Bugun Urganch davlat universitetida 5 ta muhim tashabbus doirasida "Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida bo'lib o'tgan yoshlar festivali taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.
Taqdirlash marosimida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi S.Palvanov, universitet birinchi prorektori S.Davletov hamda rektor maslaxatchisi R.Sharipovlar so'zga chiqib, mamlakatimida yoshlarga qaratilayotgan e'tibor va imkoniyatlar haqida gapirib, bugungi bayramona kun bilan tabrikladilar.
Kun davomidagi loyiha va tadbirlarda, sport musobaqalarida faol ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritigan yoshlar universitet ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir so'ngida universitetning musiqa ta'lim yo'nalishi talabalari tomonidan kuy va qo'shiqlar ijro etildi.
Shu o'rinda, ushbu festivalni tashkil etishda hamkorligi uchun Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashiga Urganch davlat universiteti ma'muriyati nomidan minnatdorchilik bildiramiz!




