Urganch davlat universitetining Maktabgacha ta'lim yo'nalishi sirtqi guruhi talabalari oʻzlari amaliyot o'tayotgan MTTda nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq qilgan holda "Talabalik - oltin davrim" mavzusida tadbir oʻtkazdilar.
Tadbirda "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasining professor- o'qituvchilari, MTT direktorlari va magistrlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalar oʻz ijodiy qobiliyatlarini keng namoyon qilish bilan birgalikda, bolalar tarbiyasiga kreativ yondashuvlari bilan ham talaba, ham tarbiyachi ekanliklarini koʻrsatib berdilar. Tadbirda taqdim etilgan har bir chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi.



