Bugun, 28-oktabr kuni Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining 2022/2023-oʻquv yilidagi ilk soni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning ilk shartida Hazrat Navoiy gʻazallari talabalar tomonidan mohirona bayon etildi. Tanlovning ushbu sonida 6 nafar ishtirokchi she‘riyat mulkining sultoni nazmidan namunalarni yoddan, ifodali oʻqish, asarlari tarkibidagi so'zlarning lug'aviy ma'nosini tahlil qilish, baytlarini sharhlash orqali ijodiy maydonda bahsga kirishdilar. Tadbirning badiiy qismi 208 - o‘zbek tili guruhining iqtidorli talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy-qo‘shiqlar, raqslar va Oybekning "Navoiy" romani asosida ishlangan sahna ko‘rinishi ijro qilindi.
3 ta shartda faol qatnashgan talabalar hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o'rin: 204-guruh talabasi Ismoilova Kamola
2-o'rin: 202-guruh talabasi Hasanboyeva Munisa hamda shu guruh talabasi Bahodirova Gulnoza
3-o'rin: 207-guruh talabasi Poʻlatova Rohila
Tanlov g'oliblari hamda kechaning faol talabalariga Filologiya fakulteti dekani dots. D.Q.Gʻayipov hamda ushbu koʻrik-tanlovning hayʼat raisi, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dots. S.Matkarimova tomonidan Diplom hamda esdalik sovg'alar taqdim qilindi.