Korrupsiyasiz soha

2022-yil 12- oktyabr kuni UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayns-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shihova Tabiiy fanlar  fakultetining 1- kurs 222- geografiya yoʻnalishi  talabalari hamda Tabiiy fanlar tyutori K.Ibodullayev  ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuvda bugungi kunda Urganch davlat universitetida "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, bu borada Komplayns-nazorat  tizimining joriy etilganligi va chora-tadbirlar rejalari haqida atroflicha maʼlumot berib,  korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali yoʻli, bu – ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash ekanligini ta‘kidlab, talaba-yoshlarning bu boradagi fikrlariga quloq tutdi.