BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

2022-yil 14-oktyabr kuni Iqtisodiyot fakultetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i X.Shixova, universitet profilaktika inspektori D.Sapayev, fakultet tyutorlari hamda 1-kurs talabalar ishtirok etdilar. Uchrashuvda korrupsiya illati islohotlar yo‘liga jiddiy g‘ov bo‘libgina qolmay, balki  kelajak maqsadlarimizga erishishga ham bevosita tahdid solishi muqarrarligi, korrupsion holatlar va ularning salbiy yakunlari hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Bugungi kunda korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, dramaturg Kurbon Muhammadrizo, Xorazm viloyati “To‘maris” jurnali bosh muharriri Sharqiya Iskandarovalar mehmon boʻlib, oʻzlarining hayotiy tajribalarini talabalar bilan oʻrtoqlashib, dildan suhbat qurdilar.