Badmintonchilarimiz jamoaviy hisobda kumush medali sohibi boʻldi

Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi va Badmintion federatsiyasining 2022-yilgi musobaqalar o’tkazish kalendar rejasiga asosan, erkaklar va ayollar o’rtasida badminton bo’yicha shaxsiy-jamoaviy “O’zbeksiton kubogi” bahslari bo’lib o’tmoqda.

   Unda Jurat Kenjayev murabbiylik qilayotgan Urganch davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti badmintonchi talabalari faxrli 2-o’rinni egalladilar. 

   Ushbu ko’rsatkichning e’tiborga molik jihati shundaki, terma jamoamiz vohamiz badminton tarixida kattalar o’rtasida ilk bor shohsupaning ikkinchi pog’onasiga ko’tarilishga muvaffaq bo’lishdi.

Gʻalaba muborak boʻlsin!

urdu.uz, Badmintonchilarimiz jamoaviy hisobda kumush medali sohibi boʻldi