Bugun 18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i kuni”ga bag‘ishlangan respublikamizning barcha hududlarida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
«1 ta vatanda 1 ta vaqtda, 1 ta masofaga, 1 ta maqsadda – birga yuguramiz» shiori ostidagi mazkur o‘ziga xos aksiyada Urganch davlat universitetining mingdan ortiq talabalari, professor-o'qituvchilari hamda tyutorlari universitet rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdilar.