Joriy yilning 14-17 noyabr kunlari Andijon shahrida “Universiada-2022” sport musobaqalarining ayollar oʻrtasida voleybol sport turi bo'yicha final bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent(ODJTSU), Andijon (ADU), Samarqand (SamDU) hamda Xorazm viloyati (UrDU) jamoalari ishtirok etdilar. Oʻtgan uch kun davomidagi oʻyinlarning barchasida Xorazm (UrDU) viloyati jamoasi mutloq gʻolib boʻlib, universitetimizga OLTIN MEDALni taqdim etdi.
Ushbu gʻalaba bilan Urganch davlat universitetining koʻp ming sonli jamoasini, sportchi qizlarimizni va ularning murabbiylarini chin dildan tabriklaymiz. Bundan keyingi faoliyatlarida ham ulkan choʻqqilarni zabt etish yor boʻlishini tilaymiz.
Biz sizlar bilan faxrlanamiz!