Joriy yilning 28-30 noyabr kunlariga rejalashtirilgan Fransiyaning Parij shahrida Oʻzbekiston-Fransiya ikkinchi taʼlim forumi oʼz ishini boshladi.
Ushbu forumda UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimovlar ishtirok etmoqda.
Forum doirasida Fransiya oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish va mavjud ko‘p yillik aloqalarni rivojlantirish to‘g’risida muzokaralar olib borish kutilmoqda.