2022-yil 17-dekabr sanasida tyutorlar uchun doimiy oʻquv-seminarining navbatdagi mashgʻuloti bo'lib o'tdi. Unda Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshlig'i Sh.Allaberganov, Talabalarni turar joy bilan ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Y.Botirov, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda barcha tyutorlar ishtirok etdi.
O'quv-seminarga O'zbekiston Xalq ta'limi a'lochisi, faxriy Аminboy Yusupov taklif etildi.
Oʻquv-seminar davomida tyutorlar oʻzaro fikr va tajriba almashdilar. O'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan masʼullarga savollar bilan murojaat qilib, zarur javoblarni oldilar.