Xorazm viloyati mezbonligida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning qizlar o’rtasida bo‘lib o‘tgan Stritbol sport musobaqasining Respublika bosqichi g'oliblari bilan tanishing!
27-30 yosh toifasida
1-o‘rinni Navoiy viloyati Navbahor tumani “Qo‘xron” mahallasi jamoasi
2-o‘rinni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani “Nodira” mahallasi jamoasi
3-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani “Mo‘nchoqli” mahallasi jamoasi egalladi.
Musobaqada 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga zamonaviy muzlatgich, 2-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga zamonaviy kir yuvish mashinasi, 3-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga zamonaviy televizorlar sovg‘a qilindi.
Barcha ishtirokchilarni g‘alaba bilan tabriklaymiz!