Filologiya fakultetida

Joriy yilning 21-dekabr kuni UrDU Filologiya fakultetida "Yilning eng yaxshi talabalar teatr studiyalari" ko'rik-tanlovining fakultet bosqichi bo'yicha tyutor S.Bobojonova boshchiligidagi 221-yevro guruhi talabalaridan tashkil topgan "Iste'dod" jamoasi Melis Abzalov ssenariysi asosida suratga olingan "Suyunchi" kinofilmidan parcha namoyish etishdi. Sahna ko'rinishida Filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi B.Rahimova, kengash a'zosi D.Jumaniyazovalar tomashabin sifatida ishtirok qildilar. Talabalarning yutuq va kamchiliklari haqida tushuntirish berdilar.