Talabamiz Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish:o'zbek tili ta'lim yo'nalishining 3-bosqich talabasi Qo'ziyeva Shahrizoda G'ayrat qizi   O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n. Nasiba Azatbayevna Jumaniyozova rahbarligida "Shukur Xolmirzayev nasridagi obrazlar tahlili" mavzusida ilmiy-tadqiqot  ishlarini olib borib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug'i bilan Navoiy nomli davlat stipendiyasi g'olibasi bo'ldi. Qo'ziyeva Shahrizodaning keyingi faoliyatida ham zafarlar tilaymiz!