Bugun, 22-dekabr kuni Filologiya fakultetiga Urganch davlat universiteti rektori B.I.Abdullayev tashrif buyurib, fakultetda olib borilayotgan ilmiy-pedagogik hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida talabalarning o'quv jarayonlardagi ishtiroki kuzatilib, darslar sifati tahlil qilindi. Bundan tashqari rektorimizga fakultet muzeyida jamlangan professor-o'qituvchilarning ilmiy-amaliy ishlari hamda talabalarning yutuqlari namoyish etildi. Shuni faxr bilan aytishimiz mumkinki, Filologiya fakulteti muzeyi B.Ismoilovichda katta taassurot qoldirdi va bu an'anani boshqa fakultetlar kesimida ham ommalashtirish taklifi bildirildi.