Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari, jumladan, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri H.Madatov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sh.Allaberganov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi E.Yoʻldoshev hamda Fizika-matematika fakulteti dekan o'rinbosari J.Mattiyevlar Sloveniya davlatining Primorska universitetida Erasmus+ dasturi “ELBA” loyihasining yakuniy uchrashuvlarida qatnashmoqdalar.
Loyihaning yakuniga bagʻishlangan seminarlarda Fizika-matematika fakulteti dekan o'rinbosari J.Mattiyev loyiha doirasida universitetda erishilgan yutuqlar toʻg'risidagi taqdimoti bilan chiqish qildi.
Shuni ham qayd etish joizki, “ELBA” loyihasi doirasida UrDU “Axborot texnologiyalari” kafedrasida ingliz tilida 3 ta yangi kurs yaratildi va talabalarga muvaffaqiyatli o'qitildi.

.jpg)
