“Talabalar teatr studiyalari” respublika tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi

Talaba-yoshlarni teatr san'atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma'naviy kamolotga yo'naltirish hamda iqtidorli yoshlarga o'z imkoniyatlarini, iqtidorlarini keng namoyon etish maqsadida har yili doimiy ravishda "Talabalar teatr studiyalari" tanlovi o'tkazilib kelinadi.

Bugun Urganch davlat universitetida  ushbu tanlovning universiteti bosqichi bo'lib o'tdi. Unda barcha fakultetlarning jamoalari ishtirok etdilar. Tanlovni UrDU birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, jamoalarga omad tiladi. Tanlov nizomiga muvofiq hakamlar tomonidan barcha qoidalar tushuntirilgach, jamoalar oʻz sanha asarlarni bor mahoratlari ila tomoshabinlarga taqdim qildilar. 

Hakamlar hayʼati xulosasi bilan quyidagi nominatsiyalar boʼyicha talabalar va jamoalar taqdirlandi:

“Eng yaxshi erkak roli uchun”  Texnika fakulteti talabasi Kamronbek Matchanov; 

“Eng yaxshi ayol roli uchun” Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Zilola Jumaboyeva;

“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini” nominatsiyasi boʻyicha Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi; 

“Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi boʻyicha Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi munosib deb topildi va tanlovning keyingi bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.

urdu.uz, “Talabalar teatr studiyalari” respublika tanlovining universitet bosqichi boʻlib oʻtdi