O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil 18-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan faol yoshlarga kasaba uyushmalari stipendiyasi ajratish hamda kasaba uyushma a’zosi bo‘lgan faol yoshlar uchun sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar berish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3-06 "s"- sonli qarori va Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiya tayinlash hamda yo‘llanma ajratish bo‘yicha komissiya xulosasiga ko‘ra, Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti 2-bosqich talabasi Yusupova Zumrad Zaripbayevna 2023-yil yanvar oyidan boshlab 6 oy davomida bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida kasaba uyushmalari stipendiyasiga tavsiya etildi va sertifikat bilan taqdirlandi.
Talabamiz Yusupova Zumradning kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz!


