Shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi

Bugun, 21-fevral kuni Urganch davlat universitetida Xorazmning bulbulzabon shoiri va tarjimoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli jamoat va davlat arbobi Matnazar Abdulhakim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Badiiy kechada Xorazm viloyati hokimligi vakillari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimining bir guruh aʼzolari, taniqli shoir va yozuvchilar, ijodkorlar,  Matnazar Abdulhakimning zamondoshlari, universitet rahbariyati, Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbirni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Xorazm qadimdan shoirlar, ijodkorlar vatani bo‘lib kelgan. Hozirgi adabiy jarayonda faol ishtirok etib, o‘zidan ezgu nom va bezavol ijodiy meros qoldirgan, oʻzbek adabiyoti rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan koʻhna vohaning zabardast shoiri Matnazar Abdulhakim ijodi barcha adabiyot ixlosmandlari qalbidan chuqur joy egallab ulgurgan. Tadbirda soʻzga chiqqanlar buyuk shoirning hayoti va ijodi, adabiy merosi haqida, shuningdek, insoniy fazilatlari, nihoyatda nozik fikrlaydigan, toʻgʻri soʻz, halol va bagʻrikeng inson boʻlganliklari eʼtirof etildi.

Badiiy kecha davomida talabalar tomonidan shoir ijodiga mansub sheʼr, Xorazmning goʻzal kuy-qoʻshiqlari va raqslar ijro etildi, sahna koʻrinishlari namoyish qilinib, yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashildi.

urdu.uz, Shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi