Joriy yilning 1-mart kuni UrDU Filologiya fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi M.Otamuratova Urganch shahar 11-son maktabga borib, maktab oʻquvchilariga Urganch davlat universiteti va undagi mutaxassislik yoʻnalishlari, universitetda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va bu imkoniyatdan unumli foydalanayotgan talabalarning qoʻlga kiritgan yutuqlari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Davra suhbati davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bu orqali universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va oʻzlari uchun kerakli axborotga ega boʻldilar.