Joriy yilning 22-fevral kuni UrDU Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi R.Ganjayeva 204-guruh talabalariga Matnshunoslik fanidan ochiq dars o'tkazdi.
Ochiq dars "Qo'lyozma matnlar va ularning umumiy belgilari" mavzusida noan'anaviy tarzda bo'lib o'tdi. Dars jarayonida talabalar zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalangan holda faol ishtirok etdilar hamda mavzuni chuqur o'zlashtirdilar. Shuningdek, talabalar dars davomida eski o'zbek yozuvidagi matnlarni o'qish ko'nikmasini ham shakllantirdilar.
Darsda kuzatuvchi sifatida Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n. N.Jumaniyazova hamda fakultet magistrantlari ishtirok etishdi. Dars yakunida kuzatuvchi o'qituvchilar o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.