Joriy yilning 23-fevral sanasida UrDU Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Akbar Otaboyev 223-guruh talabalariga "O'zbek mumtoz adabiyoti" fanidan ochiq dars o'tkazdi.Ochiq dars "Didaktik asarlar tahlili ("Qobusmoma" misolida)" mavzusida bo'lib o'tdi. Talabalar didaktik asarlarning mohiyati, "Qobusnoma" asarida keltirilgan hikoyatlar tahlilida faol ishtirok etdilar.
Dars jarayonida kuzatuvchi sifatida O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari: B.Rahimova va S.Qurbonovalar ishtirok etishdi. Dars yakunida kuzatuvchi o'qituvchilar o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.