Bugun 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universitetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda UrDU rektori B.Abdullayev universitetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi.
Taʼkidlanganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib keladi. Tadbirda Mamlakatimizda ham ayollarning jamiyatimizdagi oʻrni, mavqeyi oshib borayotganligiga alohida urgʻu berildi.
Xususan, bugungi kunda universitetimizda jami 730 nafar ayol xodimlar faoliyat yuritmoqdalar. Shulardan 404 nafari professor-oʻqituvchilar, 326 nafari universitet xodimlari, 18802 nafar talaba-qizlarimizdir.
Tantanali tadbirning badiiy qismi avvalida oliygohda faoliyat yuritayotgan ayol xodimlarga universitet ravnaqi yoʻlida qilayotgan mehnatlari va yosh-avlodga berayotgan bilimlari uchun faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bayramona tadbir talabalar ijrosidagi sheʼriy chiqishlar, goʻzal kuy-qoʻshiqlar va raqslar bilan davom etdi.