2023 yil 28 mart kuni Urganch davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida “Mintaqada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini takomillashtirish“ mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Unda UrDU rahbariyati, Iqtisodiyot fakulteti professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Anjuman “Mintaqada innovation iqtisodiyotni shakllantirish metodologiyasi”, “Mintaqada innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini takomillashtirishning xorijiy tajribasi”, “Innovation iqtisodiyotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subjektlarini rivojlantirish tendensiyalari”, “Mintaqa raqobatbardoshligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari salohiyatdan samarali foydalanish” seksiyalarida oʻz ishini olib bordi.