3-may sanasida Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyiga Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha o'quv kursi tinglovchilari tashrif buyurdilar va yaqinlashib kelayotgan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati arafasida "Xotira - abadiy, inson qadri - muqaddas" shiori asnosida muzey bilan yaqindan tanishdilar.