Xalqaro hamkorlik

Janubiy Koreya Respublikasining Honom Pongsin avtomobil ishlab chiqarish komponiyasi vakillari KJ Partners G,  Ltd direktori Hang-Po Yun Jeonnam, Muqobil energiya bo'yicha prof.Suncheon Chosun Urganch davlat universitetining Texnika fakuletida bo'ldilar. 

Tashrif avvalida fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan tanishdilar. 

Shundan so'ng, Texnika fakulteti dekani M.Qurbonov boshchiligida fakultet jamoasi bilan muzokaralar olib borishdi. Unda Koreyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bo'lgan  Makpo universiteti, Suncheon universiteti, Chosun universiteti va Dongshin universitetlari bilan Urganch davlat universiteti o'rtasida hamkorlik o'rnatish masalalari haqida so'z bordi. Bu borada ushbu kompaniya ko'prik vazifasini bajarishi bildirildi.

Talabalar almashinuv dasturi, muqobil energetika, shuningdek, Honom Pongsin avtomobil ishlab chiqarish, xususan, KIA va Hyundai kompaniyalarida talabalarni qisqa muddatli stajirovkaga yuborish va amaliyot o'tkazish bo'yicha kelishib olindi.  

Ushbu tashrif natijasi o'laroq, bir qancha loyihalar bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi: 

Muqobil energiya texnologiyalarini taqdim qilish;

Muqobil energiya texnologiyalarini birgalikda rivojlantirish;

Muqobil energiya yo'nalishi bo'yicha talabalar almashinuvini tashkil qilish;

Universitet talabalaridan guruh tashkil qilish va amaliyotga yuborish;

Koreya universitetlaridan muqobil energiya bo'yicha professor-o'qituvchilarni UrDUga o'qish jarayoniga jalb qilish.

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik