Xalqaro hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda UrDU Xorijiy filologiya fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” kaferdasi qoshida faoliyat olib borayotgan “KSLE” loyihasining  prof.J.Ermetova boshchiligidagi aʼzolari Janubiy Koreyaning hamkor universitetlarida boʻlib turishibdi. 

Jamoa a'zolari 10-may kuni Gwangju provinsiyasidagi Dongshin hamkor universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida universitet Presidenti Dr. Lee Ju Hee, prorektor Dr.Jin Jun,  Xalqaro ta'lim instituti direktori Dr. Youngwoon Cho bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda kelgusida ushbu universitet talabalarining   UrDUda almashinuv dasturi asosida tahsil olishlari haqida  muzokaralar olib borildi. Uchrashuvdan so'ng, talabalar uchun tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ishtirok etishdi.

Shuningdek, ushbu universitetda tahsil olayotgan xorazmlik talabalar bilan uchrashib, ularning o'qish va yashash sharoitlari bilan tanishdilar.

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik

urdu.uz, Xalqaro hamkorlik