Germaniyaning Martin Lyuter universiteti professorlari bilan rektor uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Avval xabar berganimizdek, Germaniyaning Martin Lyuter universiteti Halle-Vittenberg professori Doktor Maykl Zierdt va Doroti Kleyglar joriy yilning 8-11 may kunlari universitetimizda mehmon boʼlishdi.

Mehmonlar ushbu kunlar mobaynida universitetimiz bilan yaqindan tanishdilar.  Xususan,  KRASS Agromaslahat markazida olib borilayotgan loyihalar shuningdek,  “Tuproqshunoslik va agronomiya”, “Geografiya”, “Biologiya” hamda “Kimyo” kafedralarida mavjud laboratoriyalarda boʻlib, u yerdagi imkoniyat va sharoitlarni guvohi boʻldilar. 

Tanishuvlar natijasi oʻlaroq, bugun, 11-may kuni UrDU rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashib, ikki universitet oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida kelishib oldilar. Jumladan, Tabiiy fanlar hamda Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlari va talaba almashinuvi boʻyicha hamkorlik qilish dasturlarini yoʻlga qoʻyish kelishildi.

Shuningdek, Martin Lyuter universiteti va Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti o‘rtasida 2020-yilda ishlab chiqilgan akademik va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida fikrlar bildirildi.  

urdu.uz, Germaniyaning Martin Lyuter universiteti professorlari bilan rektor uchrashuvi boʻlib oʻtdi