Professor J.Ermetova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari 13-may kuni Seoul shahridagi Song Kyung Van universitetida bo'lib o'tgan "Koreys tili o'qitish madaniyati" ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashdilar. Anjumanda Koreys tilini o'qitishga oid yangiliklar va loyihalar haqida ko'plab ma'lumotlar oldilar. Shuningdek, tashkil etilgan kitob yarmarkasida qatnashib, sohaga oid yangi avlod darsliklari bilan tanishdilar va nashriyotlar bilan aloqa o'rnatdilar.