Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 5-11 may kunlari O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi.
Bir hafta mobaynida mamlakatimizning eng kuchli 7 ta jamoasi bir davrali tizimda o‘zaro kuch sinashdi.
Barcha uchrashuvini g‘alaba bilan yakunlagan Olmaliq shahrining OKMK jamoasi O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. Qoraqalpog‘istonlik gandbolchilar kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Bronza medali esa Xorazm viloyati UrDU terma jamoasiga nasib qildi.
