“Summer School on Future prospects of perovskite based solar cells: Low carbon energy conversion through advanced functional materials” mavzusidagi yozgi maktab o’z faoliyatini boshladi

Shu yilning 14-21 may kunlariga mo'ljallangan ushbu yozgi maktab Xiva "Ichan-qal’a" hamda Urganch davlat universitetida tashkil qilinmoqda. 

Global iqlim o'zgarishi, jahon energiya iste'molining muttasil ortib borishi va cheklangan uglevodorodli energiya resurslarining muqarrar ravishda tugashi, qayta tiklanadigan va tijoriy jihatdan samarali past uglerodli energiya manbalarini jadal izlashga turtki bo'ldi. Ular orasida quyosh energetikasini kelajakdagi toza, samarali va amalda cheksiz energiya manbalaridan biri deb hisoblash mumkin. Quyosh energiyasini keng joriy etish, ayniqsa, uni elektr energiyasiga aylantirish global miqyosda past yoki uglerodli bo'lmagan energiyani uzatishga katta hissa qo'shishi kerak.

Ushbu  tashkil  etilayotgan yozgi maktab tijoriy jihatdan samarali va barqaror perovskit quyosh texnologiyasini yaratish bo'yicha so'nggi yutuqlar, muammolar va istiqbollarni muhokama qilish uchun forum bo'ladi. Shu sababli, fundamental ilmiy masalalardan tashqari, maktab auditoriyasiga taqdim etiladigan ma'ruzalar, muhokamalar va suhbatlarda qayta tiklanadigan energiya sohasida QE (PSC) larni amaliy tatbiq etish masalalari ham ko'rib chiqiladi.

Mazkur yozgi maktabda bir guruh chet ellik mashhur  olimlar qatnashmoqda:

Tsutomu Miyasaka  (Japan);
Joel Smith  (UK);
Francesca Brunetti  (Italy);
Kai Brinkmann  (Germany);
Vladimir Dyakonov  (Germany);
Ralf Heiderhoff  (Germany);
Thomas Riedl  (Germany);
Michele Sessolo (Spain);
Selina Olthof  (Germany);
Jose Rajan (Malaysia);
Alexander Colsmann (Germany);
Satoshi Uchida ( Japan);
Shuzi Hayase  ( Japan).

Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi saytdan olishishingiz mumkin: http://fppsc2023.las.uz/index.shtml

urdu.uz, “Summer School on Future prospects of perovskite based solar cells: Low carbon energy conversion through advanced functional materials” mavzusidagi yozgi maktab o’z faoliyatini boshladi