Yozgi maktab delegatsiyasi UrDUda

15-21 may kunlariga mo'ljallangan “Perovskit asosidagi quyosh batareyalarining kelajak istiqbollari” mavzusidagi yozgi maktab bugun, 19-may kuni Urganch davlat universitetida oʻz ishini davom qildirmoqda.

Ushbu anjuman samarali va barqaror quyosh texnologiyasini yaratish bo'yicha so'nggi yutuqlar, muammolar va istiqbollarni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat yaratmoqda. Shu sababli, fundamental ilmiy masalalardan tashqari, maktab auditoriyasiga taqdim etiladigan ma'ruzalar, muhokamalar va suhbatlarda qayta tiklanadigan energiya sohasidagi quyosh elementlarini amaliy tatbiq etish masalalari ham ko'rib chiqilmoqda.

Jarayonlarda Gemaniya, Yaponiya, AQSh, Italiya, Ispaniya, Malayziya, shuningdek, respublikamizdan tegishli soha olimlari, doktorantlar, magistrlar va talabalar ishtirok etmoqda. 

urdu.uz, Yozgi maktab delegatsiyasi UrDUda

urdu.uz, Yozgi maktab delegatsiyasi UrDUda

urdu.uz, Yozgi maktab delegatsiyasi UrDUda

urdu.uz, Yozgi maktab delegatsiyasi UrDUda