UrDUda «Kimyo va oziq-ovqat texnologiyalari sohalarini barqaror rivojlantirish maqsadida zamonaviy ilmiy-texnologik va ta’lim  hamkorligi» mavzusidagi xalqaro anjuman ish boshladi

Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan joriy yilning 19-20 may sanalariga moʻljallangan «Kimyo va oziq-ovqat texnologiyalari sohalarini barqaror rivojlantirish maqsadida zamonaviy ilmiy-texnologik va ta’lim hamkorligi» mavzusidagi anjumanda xorijdan va respublikamizdan kimyo va oziq-ovqat sohasining taniqli olimlari ishtirok etmoqda. 

Ushbu nufuzli anjuman Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Belarus Respublikasi va Rossiya davlatlarining 6 ta oliy taʼlim muassasasi: Urganch davlat universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Belarus oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar davlat universiteti,  D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti va Sankt-Peterburg davlat texnologiya instituti hamkorligida tashkil qilinmoqda. Germaniya Federativ Respublikasi Oldenburg universitetidan olimlar mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professori M.Jumaniyazov moderatorligida boʻlib oʻtayotgan konferensiyaning ochilish marosimida UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi bilan ishtirok etib, mehmonlarning tashrifidan mamnuniyatini izhor qildi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan soʻng, xorijlik olimlarning tabrik soʻzlari tinglandi.

urdu.uz, UrDUda «Kimyo va oziq-ovqat texnologiyalari sohalarini barqaror rivojlantirish maqsadida zamonaviy ilmiy-texnologik va ta’lim  hamkorligi» mavzusidagi xalqaro anjuman ish boshladi