“Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati. Anushtegin Xorazmshohlar sulolasining o‘zbek davlatchiligidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya kunning ikkinchi yarmida Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida davom etmoqda. Konferensiyaga UrDU birinchi prorektori S.Davletov moderatorlik qilmoqda.
Anjumanda “Xorazmshohlar shajarasi”, “Nomiq Kamolning “Jaloliddin Manguberdi” dramasining milliy, ma’naviy ahamiyati”, “Usmonli davri mualliflari Xorazm va Xorazmshohlar haqida”, “Xorazmshohlar davri moddiy madaniy merosining o‘tmishi, buguni va kelajagi” kabi mavzularda xorijlik olimlarning maʼruzalari tinglanmoqda.
Konferensiyada Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kelgan qolaversa, yurtimizning turli hududlari tarixchi olimlar, Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalar ishtirok etmoqda.